Oq uyning boshqaruvchisi o‘zgardi
Olam
−
07 mart 2020
4676AQSH Prezidenti Donald Tramp Oq uy apparatining yangi rahbarini tayinladi. Bu haqda u Twitter’dagi o‘z sahifasida ma’lum qildi.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu lavozimni kongressmen Mark Medous egallaydi.
“Men kongressmen Mark Medous Oq uyni boshqarishini e’lon qilishdan mamnunman. Men Mark bilan uzoq vaqtdan beri tanishman va ishlaganman. Bizning munosabatlarimiz juda yaxshi”, deb yozgan Tramp.
Amerika rahbari, shuningdek, Oq uy apparati rahbari vazifasini bajaruvchi Mik Malveynga qilgan ishi uchun minnatdorchilik bildirdi va u AQSHning Shimoliy Irlandiya bo‘yicha maxsus vakili lavozimida ish boshlashini ma’lum qildi.
LiveBarchasi