Oq uyning bayram tabrigi Eronni g‘azablantirdi 

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Baydenning Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan bayonoti Eronning g‘azabini oshirdi. Eron Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Nosir Kanani Baydenning bayonotini Eron va uning xalqiga nisbatan dushmanlik AQSH ma’muriyati tashqi siyosatining ajralmas qismi ekanini isbotlaganini aytdi. Bu haqda u bugun, 21 mart kuni Twitter’dagi sahifasida yozdi. 

“Eron Islom Respublikasi va Eron xalqi bilan adovat AQSH rejimi tashqi siyosatining doimiy qismi bo‘lib, bu davlat rasmiylarining har yilgi Navro‘z xabarida ham o‘z aksini topadi. Eronlik ayollarni qo‘llab-quvvatlash va bir vaqtning o‘zida Eron xalqiga nisbatan shafqatsiz sanksiyalarni kuchaytirish haqidagi yolg‘on da’vo Amerika rejimi va uning Eronga qarshi yetakchilarining ikkiyuzlamachiligi va dushmanligining namoyishidir”, degan Eron vakili.

Ma’lumot uchun, Oq uy ma’muriyatining Navro‘z munosabati bilan qilgan bayonotida Bayden bayram o‘z huquqlari va asosiy erkinliklari uchun kurashayotgan Eron ayollariga og‘ir vaqtda kelganini va AQSH ularning yonida bo‘lishda davom etishini aytgan. 

Shuningdek, bayonotida Birinchi xonim Jill Baydenning ham nutqi keltirilgan. U o‘z nutqini Eronda namoyishlar avj olgan paytda hibsga olingan eronlik xonanda Shervin Hajipurning “Baraye” qo‘shig‘ining sartlari bilan boshlagan va Erondagi namoyishlarning madhiyasiga aylangan ushbu qo‘shiqni feral oyida Grammy mukofoti bilan taqdirlanganini eslatgan. U ham o‘z huquqi uchun kurashayotgan eronlik ayollarni qo‘llashini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Oq uy Jo Bayden Navro'z bayrami bayram tabrigi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing