Oq uy yaqinida pichoqbozlik yuz berdi

Olam

image

AQSH poytaxti Vashingtonda Oq uy yaqinidagi bir qancha mavzelarda yuz bergan to‘qnashuv natijasida to‘rt jarohatlandi. Bu haqda NBC xabar berdi.

Hujumda uch kishi qatnashgan, hozir politsiya ularni qidiryapti. Hodisada Prezident Donald Trampni qo‘llab-quvvatlovchi o‘ta o‘nglar vakillari jarohatlangan.

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, mojaro vaqtida uch erkak va ayol yaralangan. Ular hayot uchun xavfli bo‘lmagan jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. Bu hujum o‘tgan saylov bilan aloqadormi yoki yo‘q noma’lum.

Vashington politsiya departamenti shaharda boshqa bir hujum natijasida odamlar pichoqlanganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 3 noyabr kuni AQSHda prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylovda nomzodini ilgari surgan respublikachi Donald Tramp va demokrat Jo Bayden o‘zini g‘olib deb e’lon qildi. Ammo rasmiy natijalar hali e’lon qilinmadi. Hozirda 213 ta ovoz bilan Tramp 238 ta ovoz olgan Baydendan ortda qolyapti. Saylov natijasini ovozlarni sanash davom etayotgan 6 shtat hal qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

230

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing