Oq uy yaqinida otishma bo‘ldi: bino izolyatsiyaga olindi (video)

Olam

image

Bugun, 24 mayga o‘tar kechasi Vashingtondagi Oq uy yaqinida o‘q ovozlari yangradi. Bu haqda “NewsNation” telekanali muxbiri Libbi Din X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

U o‘q ovozlari juda ko‘p bo‘lganini qayd etgan.

“Maxfiy xizmat jurnalistlarni Shimoliy maysazordan olib chiqib ketdi”, deydi Din.

CNN telekanalining xabar berishicha, gap o‘nlab o‘q uzishlar haqida bormoqda. Hodisa 17-ko‘cha va Pensilvaniya avenyusi chorrahasida sodir bo‘lgan. Jurnalistlar zudlik bilan maysazordan Oq uy ichkarisiga kiritilgan va ularga joylaridan jilmaslik buyurilgan. Shundan so‘ng, Maxfiy xizmatning vintovkalar bilan qurollangan agentlari bino oldida navbatchilikni boshlashgan.

Voqea sodir bo‘layotgan vaqtda AQSH Prezidenti Donald Tramp qarorgoh ichida bo‘lgan. Oq uy xavfsizlik xizmati otishmadan so‘ng binoda izolyatsiya rejimini joriy etgan. NBC telekanali jurnalisti Juli Sirkinning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Maxfiy xizmati xodimlari qurollarini shay tutgan holda OAV vakillariga brifing xonasiga yashirinishni buyurgan.

Otishma oqibatida Donald Tramp jabr ko‘rmagan.

“Tasdiqlandi: bugun kechqurun Oq uy yaqinida o‘q ovozlari yangradi. Prezident xavfsiz joyda, deydi PBS muxbiri Liz Lenderz.

Lenderzning qo‘shimcha qilishicha, ikki kishi o‘qdan jarohat olgan: ulardan biri gumonlanuvchi, ikkinchisi esa tasodifiy yo‘lovchi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil may oyi boshida ham Oq uyda otishma sodir bo‘lgan edi. O‘shanda hodisa 15-ko‘cha va Mustaqillik prospekti kesishmasida yuz bergandi. Bu joy Vashingtondagi monument hamda AQSH Kapitoliy binosi yaqinida joylashgan hudud hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

otishma Oq uy izolyatsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing