Oq uy Ukrainaga yordam davom etishini e’lon qildi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainaga jang maydonidagi pozitsiyasini yaxshilash uchun yordam yuborishda davom etadi. Bu haqda Prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan ma’lum qildi. 

"AQSHning yondashuvi olti oy avvalgidek qolmoqda: biz Ukrainani jang maydonida yaxshiroq mavqega keltirish uchun hamma narsani qilamiz, toki ular qaror qabul qilganda, ular muzokaralar stolida yaxshiroq mavqega ega bo‘ladilar", deydi Sallivan.  

Sallivan Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga muzokaralar masalasida bosim o‘tkazmasligini ma’lum qildi. Shuningdek, amaldorning qayd etishicha, Rossiya Federatsiyasida muzokaralarga intilish ko‘rinmayapti. 

Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenkoning aytishicha, Rossiya Ukraina bilan muzokaralar uchun hech qanday shartga ega emas, ammo Kiyev xayrixohlik ko‘rsatishi kerak. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Ukraina bilan muzokaralar masalasini izohlar ekan, Kiyev va uning kuratorlari muzokaralarga muhtoj emas, ularning maqsadi buzg‘unchi ekanligini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

66

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing