Oq uy Trampga qarshi bo‘lganlarning ro‘yxatini tuzmoqda
Olam
−
22 fevral 2020
4099AQSH Prezidenti Donald Trampning davlat tashkilotlarida ishlovchi raqiblarining lavozimi endilikda ko‘tarilmaydi. Bu haqda Oq uyning kadrlar bo‘lim boshlig‘i Jonni Makenti ma’lum qildi.
Xabar qilinishicha, Makenti federal idoralarning vakillarini yig‘gan. U yerda u Trampga qarshi bo‘lgan, ammo hukumat tuzilmalarida yuqori siyosiy lavozimlarga tayinlanganlarni ma’lum qilinishini so‘ragan.
Unga ko‘ra, 2020 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlaridan keyin qator o‘zgarishlar yuz beradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp "Al-Qoida" asoschisi Usama ben Ladenning o‘g‘li Hamza ben Ladenning o‘ldirilishini talab qilgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi