Kurs UZS

USD

12 927.17

36.74

EUR

14 717.58

-3.29

RUB

155.73

-0.31

Oq uy Rossiyaning Sumiga qilgan raketa zarbasiga munosabat bildirdi

Olam

image

Kecha, 13 aprel kuni ertalab Ukrainaning Sumi shahriga qurolli kuchlar tomonidan berilgan raketa zarbasi Ukrainadagi urushda tinchlik muzokaralari zarurligini “kuchli eslatib turadi”. Bu haqda o‘sha kuni kechqurun AQSH Milliy xavfsizlik kengashining rasmiy vakili Brayan Xyuz bayonot berdi.

“Sumiga qilingan raketa hujumi Prezident Donald Trampning bu dahshatli urushga barham berishga bo‘lgan urinishlari nima uchun hal qiluvchi pallaga to‘g‘ri kelgani haqida aniq va kuchli eslatma bo‘ldi”, deya uning so‘zlarini keltiradi AFP.

Avvalroq AQSH Davlat kotibi Marko Rubio ham xuddi shunday fikrda gapirgan edi.

“Bu Prezident Tramp va uning ma’muriyati nega bu urushni tugatish va mustahkam tinchlikka erishish uchun ko‘p vaqt va kuch sarflayotgani haqida eslatma”, dedi u.

O‘z navbatida, Oq uy rahbari Donald Trampning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellogg o‘zining X sahifasida “Rossiya qo‘shinlarining Palm Sunday kuni Sumidagi fuqarolik ob’ektlariga hujumi barcha odob-axloq chegaralarini kesib o‘tdi” deb yozdi.

Sobiq harbiy sifatida u maqsadli zarbalar nima ekanini tushunishi va ular noto‘g‘riligini, shuning uchun ham Prezident Tramp bu urushni tugatish uchun qattiq harakat qilayotganini qo‘shimcha qilgan.

Trampning o‘zi Rossiyaning Sumiga raketa zarbasini izohlar ekan, buni “dahshatli voqea” deb atadi.

Rossiyaning Sumiga raketa zarbasi

Kellogg Ukrainani G‘arb va Rossiya o‘rtasida bo‘lib olishni taklif qildi north_east

Kellogg Ukrainani G‘arb va Rossiya o‘rtasida bo‘lib olishni taklif qildi

Joriy yilning 13 aprel kuni ertalab Rossiya harbiylari Sumi shahriga ballistik raketa bilan hujum uyushtirdi. Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, o‘sha kuni mahalliy vaqt bilan soat 21:00 ga kelib 34 qurbon, jumladan, ikki bola qayd etilgan. 117 kishi, jumladan, 15 bola tan jarohati oldi. Hujum yil boshidan beri eng ko‘p halokatli bo‘ldi.

O‘sha kuni kechqurun Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Telegram’da Rossiyaning Sumiga bergan zarbasi oqibatida yaralangan 68 kishi tibbiy muassasalarda bo‘lgani, ulardan 8 nafarining ahvoli og‘ir ekanini ma’lum qilgan edi.

“Universitetdan tashqari, beshta ko‘p qavatli uy, kafe va do‘konlar, tuman sudi o‘qqa tutilishi tufayli zarar ko‘rdi. Hammasi bo‘lib rossiyaliklar o‘z zarbalari bilan 20 ta binoga zarar yetkazdi”, degan davlat rahbari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Sumi shahri markaziga raketalar bilan zarba berishi oqibatida 30 dan ortiq odam halok bo‘lgani, 80 dan ortiq kishi jarohat olgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Oq uy Sumi raketa zarbasi Brayan X'yuz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing