Oq uy Rossiyaning AQSHdagi saylovlarga aralashishidan xavotirda

Olam

image

AQSHda joriy yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlariga Rossiyaning aralashuvidan Bayden ma’muriyati xavotirga tushgan. Bu haqda AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan NBC News telekanalidagi “Matbuot bilan uchrashuv” dasturida ma’lum qildi.

“Aniq dalil keltira olmayman, lekin shuni aytishim mumkinki, albatta, xavotirlar bor. Bu yerda Rossiya Federatsiyasi, uning razvedka xizmatlariga tegishli prezidentlik saylovlari nuqtayi nazaridan ham fon mavjud. Xavotirga tushish uchun juda ko‘p sabablar bor. Gap siyosat haqida emas, milliy xavfsizlik to‘g‘risida boryapti. Gap Amerika Qo‘shma Shtatlari siyosati va demokratiyasini manipulyatsiya qilishga intilayotgan xorijiy davlat, xorijiy dushman haqida boryapti”, deydi Sallivan.  

Jo Baydenning maslahatchisi milliy xavfsizlik - siyosatdan yuqori turishi kerakligini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, AQSHda prezidentlik saylovlari 2024 yil 5 noyabrda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin AQSH Prezidenti sifatida Bayden saylansa Rossiya uchun afzalroq bo‘lishini aytgandi.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Rossiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing