Oq uy oldida Kolumb haykali o‘rnatiladi
Olam
−
05 fevral 1871 1 daqiqa
AQSHda Prezident Donald Tramp tashabbusi bilan Oq uy hududida mashhur dengizchi Xristofor Kolumb haykali o‘rnatilishi mumkin. Bu haqda “Komonews” nashri xabar berdi.
Oq uyga yaqin manbalarga ko‘ra, haykal binoning janubiy qismidan joy oladi. Biroq, bu hali rasman e’lon qilinmagan.
Xristofor Kolumb haykali 2020 yil yozida bir necha bor o‘g‘irlik va giyohvand moddalar saqlashda ayblanib, hibsga olingan Jorj Floydning o‘limidan keyin sodir bo‘lgan tartibsizliklar vaqtida vayron qilingan boshqa bir Kolumb haykalining qoldiqlaridan yasaladi.
Haykalni tiklash ishlarini tashkil etishda katta rol o‘ynagan tadbirkor Bill Martinning so‘zlariga ko‘ra, Xristofor Kolumb haykalini tiklash uchun 100 000 dollardan ortiq mablag‘ sarflangan. Uning aytishicha, haykal hozirda Merilend shtatining sharqiy qismidagi omborxonada saqlanmoqda va yaqin vaqt ichida Tramp ma’muriyatiga topshirilishi kutilmoqda.
Oq uy rasmiylari ushbu haykalni o‘rnatish rejalari yuzasidan hech qanday izoh bermagan, biroq Xristofor Kolumbni tarixiy shaxs sifatida yuqori baholashgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Portugaliyada Krishtianu Ronalduning haykali yoqib yuborilgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov
Live
Barchasi