Oq uy G‘azoni yashash uchun yaroqsiz deb atadi

Olam

image

Amerika ma’muriyatining fikricha, G‘azo sektori yashash uchun yaroqsiz hudud hisoblanadi. Bu haqda kecha, 11 iyun kuni Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt jurnalistlar bilan matbuot anjumanida gapirdi.

“Prezident hozirda G‘azodagi vaziyat nihoyatda ayanchli ekanini hisobga olyapti. U mintaqadagi holatni real baholaydi. Ochig‘i, G‘azo yashash uchun yaroqsiz joy. Uni hamkorlarimiz yordamida tiklash lozim va Prezident aynan shuni istaydi”, deydi u.

Livitt, shuningdek, hozirgi eng ustuvor vazifa “bu mojaroning imkon qadar tezroq tugatilishi” ekanini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyi boshida AQSH Prezidenti Donald Tramp va Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Tramp Oq uyga qaytgach ilk rasmiy uchrashuvni o‘tkazgan edi. Vashingtonda o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida Tramp AQSH G‘azo sektorini egallashga va u yerda iqtisodiy taraqqiyot uchun imkoniyatlar yaratishga tayyor ekanini aytgandi. 

Mutaxxasislar Trampning G‘azo ustidan “nazoratni qo‘lga olish” va falastinliklarni u yerdan ko‘chirish taklifi uning Yaqin Sharq bo‘yicha umumiy strategiyasining bir qismi bo‘lishi mumkinligini qayd etmoqda. Biroq bu taklif Isroil va HAMAS o‘rtasidagi nozik o‘t ochishni to‘xtatish rejimini barbod qilishi, shuningdek, Isroil va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish umidlarini yo‘qqa chiqarishi mumkin.

Keyinchalik Tramp AQSHga G‘azo ustidan nazoratni “sotib olish”ning hojati bo‘lmasligini, ammo baribir nazorat ularning qo‘liga o‘tishini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Oq uy G'azo HAMAS Kerolayn Livitt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing