Oq uy darvozasiga mashina borib urildi
Olam
−
09 yanvar
5478Kecha, 8 yanvar kuni kechqurun Oq uy majmuasiga kiraverish darvozasiga mashina borib urildi. Uning haydovchisi hibsga olindi. Bu haqda Maxfiy xizmatga tayanib, “Amerika ovozi” xabar berdi.
"Soat 18:00 dan sal oldin avtomobil Oq uy majmuasining tashqi darvozasi bilan to‘qnashib ketdi. To‘qnashuvning sababi va tabiati tergov qilinmoqda", deydi xizmat vakili Entoni Gulelmi.
Hodisa paytida Prezident Jo Bayden shahar tashqarisida edi. Xavfsizlik xodimlari bu oddiy baxtsiz hodisami yoki binoga maqsadli hujum ekanligi haqida ma’lumot bermagan.
Vashington politsiyasi mashinani tekshirib, voqea joyidan olib ketdi, biroq haydovchi hibsda qolmoqda.
Qayd etish joizki, so‘nggi yillarda Oq uyga bir qancha shov-shuvli bosqinlar bo‘lgan, bu esa 2020 yilda Prezident qarorgohi atrofida balandroq va mustahkamroq metall to‘siq qurilishiga olib keldi.
2017 yilda bir kishi o‘sha paytdagi prezident Donald Tramp ichkarida bo‘lganida devordan oshib, 15 daqiqadan ko‘proq vaqt davomida atrofni aylanib chiqqan.
2014 yilda, Barak Obamaning prezidentlik davrida AQSH armiyasi faxriysi cho‘ntagida pichoq bilan binoga kirishdan oldin Oq uy panjarasidan oshib, maysazordan yugurib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 yanvar kuni 20 nafar aktivist talaba Seuldagi Janubiy Koreya Prezidenti ma’muriyati majmuasiga ruxsatsiz kirishga uringandi. Politsiya ularni hibsga oldi.
LiveBarchasi