Oq uy Bayden va Zelenskiyning uchrashuvi sanasini ma’lum qildi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy joriy yilning 30 avgust kuni AQSHda uchrashadi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki xabar bermoqda

“Ushbu tashrif Donbass va Qrimda davom etayotgan Rossiya tajovuzi sharoitida AQSH Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini, shuningdek energetik xavfsizlik bo‘yicha yaqin hamkorlikni doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlashining isboti bo‘ladi”, deydi Jen Psaki. 

Matbuot kotibining ta’kidlashicha, 30 avgust kuni bo‘lishi kutilayotgan muzokaralarda “Zelenskiyning korrupsiyaga qarshi kurashish va umumdemokratik qadriyatlariga asoslangan islohotlar dasturini amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlari” Vashington tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi muhokama qilinadi. 

Xabarga ko‘ra, iyun oyida Bayden va Zelenskiy telefon orqali suhbatlashganlar. Suhbat davomida Amerika Prezidenti Zelenskiyni AQSHga taklif qilgan. Keyinchalik, Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Zelenskiy va Bayden o‘rtasidagi uchrashuv iyul oyi ohiriga rejalashtirilganligi ma’lum qilingan. 

Qayd etish kerakki, Kiyev joriy yilning 16 iyun kuni Zelenskiy va Vladimir Putinning uchrashuvidan oldin Bayden bilan muzokara o‘tkazishni rejalashtirgandi.

Ma’lumot o‘rnida, Zelenskiy 2019 yil kuzda rasmiy tashrif bilan AQSHda bo‘lib, BMTning Bosh assambleyasida so‘zga chiqqan va AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashgandi. Biroq Zelenskiy hali Oq uyda bo‘lmagan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina

Baholaganlar

39

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing