Oqtovda O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi ochildi

Jamiyat

image

Qozog‘istonning Oqtov shahrida O‘zbekiston Respublikasining Bosh konsulxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

“Bugun biz muqaddas Mang‘istov zaminida yuz bergan tarixiy lahzaning guvohi bo‘lmoqdamiz. Ikki qardosh xalqlar o‘rtasidagi madaniy va ma’naviy aloqalar faqat rejalashtirilganidek mustahkamlanadi. Ikki mamlakat do‘stligi rivojlansin", dedi Mang‘istov viloyati hokimi Serikbay Trumov.

Eslatib o‘tamiz, shu yil 17-iyul kuni ikki mamlakat hukumatlari ishtirokida "Beyneu-Akjigit-O‘zbekiston" avtomagistrali rasmiy ravishda ochildi. 

2019 yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi va Mang‘istov viloyati o‘rtasidagi savdo aylanmasi 1,5 million dollarni tashkil yetdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 4,3 foizga ko‘pdir.

Bundan tashqari, bugungi kunda Mang‘istov viloyatida O‘zbekiston kapitali ishtirokida 33 qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston O'zbekiston

Baholaganlar

8

Reyting

2.6

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing