Oqqo‘rg‘ondagi bog‘chada zaharlangan bolalarning salomatligi haqida ma’lumot berildi

Jamiyat

image

Maktabgacha ta’lim vazirligi Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 5-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining intoksikasiya sindromi belgilari bilan tibbiyot muassasalarida davolanayotgan tarbiyalanuvchilar salomatligi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Joriy yilning 23 avgust 16:00 soat xolatiga ko‘ra,bemor bolalardan yana 2 nafari qoniqarli ahvolda uylariga ruxsat berildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida jami 5 nafar tarbiyalanuvchi davolanmoqda, jumladan 1 nafarining holati og‘ir, 1 nafarining holati o‘rta og‘ir, 3 nafar bemorning holati o‘rtacha baholanib, dinamikada sog‘aymoqda.

Eslatib o‘tamiz, Oqqo‘rg‘on tumanidagi bog‘chada 12 avgust kuni 25 nafar bola zaharlanib, shifoxonaga yotqizilgandi. Bir kun o‘tib, bemor bolalar soni 30 nafarga yetgandi.

Bolalar zaharlangani holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Oqqo'rg'on

Baholaganlar

177

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing