Oqqo‘rg‘ondagi bog‘chada zaharlangan bolalar ko‘paydi
Jamiyat
−
14 avgust 2021
9309Joriy yilning 13 avgust holatiga ko‘ra, Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining jami 30 nafar tarbiyalanuvchisida intoksikatsiya sindromi belgilari bilan tibbiyot muassasalariga yotqizildi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi ma’lum qildi.
12 avgust holatida jami 25 nafar tarbiyalanuvchi tibbiyot muassasalarida davolanayotgani haqida xabar bergan edik. 13 avgustda yana 5 nafar tarbiyalanuvchida kasallikning klinik belgilari kuzatilgani uchun tibbiyot muassasalariga yotqizildi.
Ulardan joriy yilning 13 avgust 16:00 soat holatiga:
- 9 nafar tarbiyalanuvchilarga tor doiradagi mutaxassislar ko‘rigidan so‘ng qoniqarli ahvolda yashash joyi bo‘yicha tibbiy nazoratga olinib, uylariga ruxsat berildi;
- tibbiyot muassasalarida jami 21 nafar tarbiyalanuvchi davolanmoqda, jumladan 1 nafarining holati o‘ta og‘ir, 1 nafari og‘ir, 6 nafari o‘rta og‘ir va 13 nafar bemorning holati o‘rtacha baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Oqqo‘rg‘on tumanida bog‘cha tarbiyalanuvchilari zaharlanganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 2571-moddasi (Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi