Oqqo‘rg‘ondagi bog‘chada bolalar zaharlangani bo‘yicha tekshiruv boshlandi — BP

3-sahifa

image

Avvalroq, Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanidagi 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining 25 nafar tarbiyalanuvchisi zaharlangani haqida xabar bergan edik.

Bosh prokuratura Matbuot kotibi holat yuzasidan munosabat bildirib, bolalarning zaharlanishi bo‘yicha tekshiruv boshlanganini ma’lum qildi.

“Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida bog‘cha tarbiyalanuvchilari zaharlanganligi holati yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Natijalari haqida qo‘shimcha xabar qilinadi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, 2 avgustdan 11 avgustgacha intoksikatsiya sindromining klinik ko‘rinishlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, Toshkent 1-shahar yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi, Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Oqqo‘rg‘on tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joyalashtirilgan.

12 avgust holatiga ko‘ra, 6 nafar tarbiyalanuvchi  og‘ir holatda jonlantirish bo‘limida davolanmoqda, shundan 1 nafar tarbiyalanuvchi o‘pkaning sun’iy nafas berish moslamasiga ulangan bo‘lib, holati o‘ta og‘ir holatda qolmoqda. Qolgan 19 nafar tarbiyalanuvchining holati o‘rtacha og‘ir deb baholangan. Kasalxonaga yotqizilgan tarbiyalanuvchilardan bakteriologik tekshiruv o‘tkazish uchun tahlillar olingan va laboratoriyaga yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura

Baholaganlar

200

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing