Oqqo‘rg‘onda bolalarning ommaviy zaharlanishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi — BP
3-sahifa
−
13 avgust 2021
6927Avvalroq Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim muassasasida 25 nafar bola zaharlangani haqida xabar bergan edik.
Bosh prokuratura Matbuot xizmati Oqqo‘rg‘ondagi zaharlanish bo‘yicha ma’lumot berib jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Oqqo‘rg‘on tumanida bog‘cha tarbiyalanuvchilari zaharlanganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 2571-moddasi (Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, maktabgacha ta’lim vazirligi holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazib, 12 avgust holatiga ko‘ra, 6 nafar tarbiyalanuvchi og‘ir holatda jonlantirish bo‘limida davolanmoqda, shundan 1 nafar tarbiyalanuvchi o‘pkaning sun’iy nafas berish moslamasiga ulangan bo‘lib, holati o‘ta og‘ir ahvolda ekanini ma’lum qilgandi. Qolgan 19 nafar tarbiyalanuvchining holati o‘rtacha og‘ir deb baholangan.
LiveBarchasi