Oqqo‘rg‘on tuman hokimining o‘rinbosariga nisbatan ish ochildi
Jamiyat
−
08 may 2021
8303Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumani hokimining o‘rinbosariga nisbatan jinoiy ish ochildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Oqqo‘rg‘on tuman hokimining o‘rinbosari “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz yoshlarni bandligini ta’minlash maqsadida yoshlarga yer ajratish bo‘yicha talabgor fuqaro M.E.ning 18.02.2021 yildagi dehqonchilik qilish uchun yer ajratib berishda amaliy yordam berishni so‘rab yozgan arizasi tuman hokimligi devonxonasidan shu kunga qadar ro‘yxatga olinmasdan tuman hokimining o‘rinbosari xizmat xonasida saqlab kelingan. Oradan 77 kun o‘tgan bo‘lsada, murojaatni ro‘yxatdan o‘tkazish, ko‘rib chiqish va muallifga javob xati yuborish choralarini ko‘rmagan.
Shu kabi qonunbuzilishiga 600 nafardan ortiq yoshlarning yer ajratib berish haqidagi murojaatlari bo‘yicha ham yo‘l qo‘yilgan.
Mazkur holat yuzasidan Oqqo‘rg‘on tumani hokimining o‘rinbosariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 43-moddasi bilan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilgan.
Sardor Ali Nurmatov
LiveBarchasi