OIV eng ko‘p tarqalayotgan mamlakatlar ochiqlandi
Olam
−
03 dekabr 2023
13854Odam imminitet tanqisligi virusi (OIV) epidemiyasining dunyoda eng tez tarqalishi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) Yevropa mintaqasi hudidiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda tashkilotning Yevropa mintaqaviy direktori Xans Klyugening Butunjahon OITSga qarshi kurash kunida e’lon qilingan bayonotida aytiladi.
"Dunyo bo‘ylab OIV epidemiyasi eng tez o‘sib borishi JSST Yevropa mintaqasida qayd etilgan. Yevropa mintaqasidagi odamlarning 50 foizi kech tashxis qo‘yilgan – bemorlar biz ularga erta yetib borishimiz uchun juda kech yordam so‘rashadi. Bu tendensiya 10 yil davomida o‘zgarmadi. Mintaqamizdagi ba’zi mamlakatlarda o‘lim darajasi qabul qilib bo‘lmas darajada yuqori, boshqalarida esa OIV yuqishi deyarli to‘xtagan”, deydi Klyuge.
Uning eslashicha, 1988 yilda birinchi marta OITSga qarshi kurash kuni o‘tkazilganda, OIV tashxisi o‘lim jazosiga teng edi. Ammo hozir dunyo yaxshi tomonga o‘zgardi, chunki diagnostika, davolash va yuqishning oldini olish uchun resurslar va texnologiyalar mavjud. Tibbiyot yutuqlari OIVni boshqa har qanday kasallik kabi surunkali kasallikka aylantirdi va unga tashxis qo‘yilgan va davolangan odamlar virusni boshqalarga yuqtirmasdan sog‘lom, uzoq umr ko‘rishlari mumkin. Jiddiy nojo‘ya ta’sirlarsiz yuqori samarali antiretrovirus davolash mavjud, yangi diagnostika algoritmlari o‘sha kuni tashxis qo‘yish imkonini beradi va samarali profilaktika vositalari mavjud.
“Kelgusi yilda barchadan – siyosatchilardan tortib sog‘liqni saqlash va qamoqxona sektorlarigacha – harakatni himoya qilishni va OIV bo‘yicha barcha rejalar va dasturlarga jamoa yetakchilarini jalb qilishni, barqaror jamiyat yetakchiligini to‘liq moliyalashtirishni va fuqarolik jamiyatini samarali siyosat bilan qo‘llab-quvvatlashni so‘rayman. OIV bilan yashashning og‘irligi va stigmasini ortda qoldirish kerak", deydi Klyuge.