OITSni kashf etgan olim koronavirus qanday paydo bo‘lganligini aytdi

Olam

image

OIVni kashf etgani uchun Nobel mukofoti sovrindori, fransuz virusologi Lyuk Montane yangi turdagi koronavirus laboratoriya sharoitida yaratilganligi haqidagi versiyani ilgari surdi. Bu haqda u “CNEws” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Olimning fikricha, ushbu virus molekulyar biologlar tomonidan yaratilgan.

Montane, shuningdek, COVID-19 bilan “manipulyatsiya” sodir bo‘lganligini, chunki unga OIV zarralari kiritilganligini aytdi.

Shu bilan birga, u ushbu virusni kim, qanday maqsadda va nima uchun ixtiro qilganligi haqida bilmasligini ta’kidladi.

“Balki ular OITSga qarshi vaksina ishlab chiqishni o‘ylagandir”, deb qo‘shimcha qildi Montane.

Nobel mukofoti sohibining boshqa bir matbuot anjumanida ta’kidlashicha, koronavirus Xitoyning Uxan shahridagi laboratoriyadan chiqib ketgan. Bunga uning ishonchi komilligini o‘z intervyularida ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

2689

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing