Oilasini boquvchi odamlar qiynaldi. Shuning uchun karantinni bekor qilamiz – Imron Xon
Olam
−
08 may 2020
8949Pokiston bosh vaziri Imron Xon hukumatning koronavirus epidemiyasi tufayli o‘rnatilgan karantin cheklovlarini bekor qilish to‘g‘risidagi qarorini e’lon qildi. Bu haqda “Reuters“ agentligi xabar berdi.
“Biz bu to‘siqni to‘xtatishga qaror qildik. Biz buni koronavirus xavfi o‘sayotgan bir paytda qilayotganimizni bilamiz ... lekin u biz kutganimizdek xavfli emas“, deydi Xon televizion nutqida.
Pokiston Bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, kunlik daromadiga bog‘liq bo‘lgan ko‘plab pokistonliklar uzoq karantinda ishsiz qololmaydilar. Ularga oilasini boqish uchun pul kerak.
“Kunlik daromadlariga bolalarini boqadigan odamlar karantin bekor qilinmasa qiynalib qoladi“ deb ta’kidladi bosh vazir.
Karantin cheklovlarini olib tashlash 2020 yil 9 may kuni amalga oshiriladi. Xonning ta’kidlashicha, cheklashlar koronavirus bilan bog‘liq vaziyat keskin yomonlashganda qayta tiklanishi mumkin.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Pokistonda koronavirus bilan bog‘liq 25 837 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 7 530 nafari sog‘aygan, 594 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 17 713 kishini tashkil qilmoqda.
LiveBarchasi