Ogohlantirishlar ortidan AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari 13 marta hujumga uchradi

Olam

image

AQSH Mudofaa vazirligi vakilining ma’lum qilishicha, AQSH harbiy ob’ektlari uchuvchisiz uchoqlar va raketalar zarbasiga uchragan. U Eronga aloqador guruhlarni aybladi. Bu haqda DW nashri xabar berdi

AQSHning ISHID terrorchilik guruhiga qarshi kurashayotgan Suriya va Iroqdagi harbiy bazalari so‘nggi  hafta ichida 13 marta hujumga uchragan. Bu haqda 24 oktyabr kuni Pentagon matbuot kotibi general Pet Rayder ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 17 oktyabrdan 24 oktyabrgacha bo‘lgan davrda amerikaliklar Iroqda kamida 10 marta, Suriyada esa uch marta raketa va uchuvchisiz uchoqlar zarbasiga uchragan.

AQSH hujumlar ortida "Islom inqilobi muhofizlari korpusi" (IIMK) va Eron rejimidan ko‘mak olayotgan guruhlar turganligini da’vo qilmoqda. Iroqdagi guruh hujumlarning bir qismi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan va tegishli xabarlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Iroqdagi shia qurolli guruhlari AQSHni Iroq va Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlardan qo‘shinlarini olib chiqib ketishga chaqirgandi. 

Talabga ko‘ra, AQSH qo‘shinlari mintaqadagi davlatlarni “zudlik bilan tark etishi kerak”. Aks holda ularning bazalariga hujumlar to‘xtamaydi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Suriya IShID Iroq Pentagon AQSh Mudofaa vazirligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing