Og‘ir atletika: Muattar Nabiyevaning Olimpiya rekordi medal uchun yetarli bo‘lmadi
Sport
−
26 iyul 2021
9740Tokio Olimpiadasining -55 kg vazn toifasidagi ayollar bellashuvida ishtirok etgan o‘zbekistonlik Muattar Nabiyeva dast ko‘tarish bahslarida Olimpiya rekordchisiga aylandi.
Nabiyeva dast ko‘tarish bahslarida 98 kg og‘irlikdagi toshni o‘ziga bo‘ysundirdi va bu Olimpiada rekordi sifatida qabul qilindi. Jahon rekordini yangilash uchun esa 4 kg yetmadi.
Siltab ko‘tarishda faqatgina bir urinishdan unumli foydalangan Nabiyeva 114 kg va umumiy hisobda 212 kg og‘irlikdagi toshni ko‘tardi. Biroq ushbu natija medal uchun yetarli bo‘lmadi.
Oltin medal Filippin vakili Xidilin Diasga nasib etdi. U ikkikurash yakuniga ko‘ra 224 kg toshni zabt etdi.
Ma’lumot o‘rnida, 1 avgust kuni Tokio-2020 Olimpiadasi supachasiga ayollar o‘rtasidagi -76 kg vazn toifasida Kumushxon Fayzullayeva, 3 avgust kuni erkaklar o‘rtasidagi +109 kg vazn toifasida Akbar Jo‘rayev ko‘tariladi.
LiveBarchasi