OFK: O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinida o‘zgarish sezilmayapti

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, ayni paytda Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralash bosqichiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda.

2 iyun kuni mamlakat bosh jamoasi Turkiya terma jamoasi bilan safarda o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Eslatib o‘tamiz ushbu bahsda o‘zbekistonliklar raqiblariga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

OFK rasmiy saytida O‘zbekiston terma jamoasining keyingi paytlarda ko‘rsatayotgan o‘yinlari bo‘yicha izoh qoldirildi.

“O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ilk marta Osiyo Kubogida qatnashib, jamoani 1/8 finalga qadar olib borgan Ektor Kuper endi e’tiborini KXDR va Suriyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlariga qaratadi”. 

“Kuper Osiyo Kubogidagi ro‘yxat bilan solishtirganda tarkibda 9ta o‘zgarishni amalga oshirdi. Ignatiy Nesterov chetda bo‘lgani uchun Eldor Suyunov chaqirildi. Osiyo Kubogida ishtirok etganlardan Sardor Rashidov, Marat Bikmayev hamda jarohat olgan Otabek Shukurov ham hozirgi tarkibda yo‘q”. 

“Kuper boshqa futbolchilarga e’tibor qaratishni ma’qul ko‘ryapti. 18 yoshli Oston O‘runov bilan Quvondiq Ro‘ziyev Turkiyaga qarshi maydonga tushishdi. Shuningdek, darvozabon Botirali Ergashev ham termaga chaqirilgan. O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida o‘zgarishlar bor-u, lekin o‘yinida inqilob yo‘q”.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston milliy terma jamoasi OFK

Baholaganlar

92

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing