OFK terma jamoalar o‘rtasida yangi musobaqa tashkil etadi
Sport
−
15:45 1299 1 daqiqa
Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) milliy terma jamoalar futbolini yanada rivojlantirish maqsadida “AFC Nations League” (OFK Millatlar ligasi) musobaqasini joriy etish rejasini ma’lum qildi. Bu haqda OFK o‘zining rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, yangi turnir Osiyo mamlakatlari uchun xalqaro uchrashuvlar tizimini yanada tartibli va barqaror qilishga qaratilgan. Mazkur musobaqa FIFA kunlarida terma jamoalar uchun muntazam va mazmunli o‘yinlar tashkil etilishiga xizmat qiladi. Bu orqali raqib topishdagi qiyinchiliklar, logistika muammolari va yuqori xarajatlar sezilarli darajada kamaytirilishi ko‘zda tutilmoqda.
OFK Millatlar ligasi jamoalar darajasiga mos raqobat muhitini yaratib, sport tamoyillariga asoslangan muvozanatni ta’minlashni maqsad qilgan. OFK rahbariyati ushbu tashabbusni Osiyo futboli uchun muhim qadam sifatida baholab, loyiha terma jamoalar faoliyatiga barqarorlik olib kirishini ta’kidladi. Shuningdek, musobaqaga tijoriy hamkorlar va ommaviy axborot vositalari tomonidan katta qiziqish bildirilayotgani qayd etildi.
Musobaqaning formati, amalga oshirish bosqichlari va aniq muddatlari OFK qo‘mitalari muhokamalardan so‘ng rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, bu tashabbus dastlab UEFA tomonidan 2018 yilda amalga oshirilgan. Hozirda UEFA Millatlar ligasi har ikki yilda bir martda o‘tkaziladi.
Live
Barchasi