OFK tarkibida bo‘lganimizda, biz ham mundialga chiqardik – Qozog‘iston bosh murabbiyi

Sport

image

Qozog‘iston milliy jamoasi bosh murabbiyi Ali Aliyev Osiyo futboli darajasini ortiqcha baholash kerak emas, deb hisoblaydi. Bu haqda Lixtenshteynga qarshi o‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida so‘z ochdi.

“Lixtenshteynga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limida Qozog‘iston biror marta ham darvoza tomon zarba bera olmadi, bu paytda esa qo‘shnilarimiz — O‘zbekiston va Qirg‘iziston jiddiy natijalar ko‘rsatmoqda. Qirg‘iziston Qatarni mag‘lub etdi, O‘zbekiston esa jahon chempionatiga chiqishga yaqin. G‘alaba muhimligini tushunaman. Biroq chindan ham dastlabki qirq daqiqada biror marta ham darvoza tomon zarba bera olmaganimiz fakt. Biz o‘zimizni qo‘shnilarimiz bilan solishtiradigan bo‘lsak, Qirg‘iziston Qatarni mag‘lub etdi, O‘zbekiston esa Jahon chempionati final bosqichiga chiqish arafasida. Qirg‘iziston ham, O‘zbekiston ham uch markaziy himoyachi bilan o‘ynab, o‘z imkoniyatlarini qidirdi”, deydi Aliyev. 

Shuningdek, Aliyev agar Qozog‘iston OFK tarkibida bo‘lganida Jahon chempionatiga chiqishi mumkinligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

“Agar biz ham Osiyo mintaqasi tarkibida bo‘lsak, Jahon chempionatiga aniq yo‘llanma olamiz. Ammo Osiyo futboli darajasini ortiqcha baholash kerak emas. Uels va Shimoliy Makedoniyaning o‘yini buni isbotlaydi. Bugun biz ikkita gol urdik va yoshlarga o‘zini ko‘rsatish imkoniyatini berdik. Mag‘lubiyatlar seriyasidan so‘ng g‘alaba qozondik. Bu esa oldinga siljiyotganimizdan dalolat”, deydi Aliyev.

Ma’lumot o‘rnida, Qozog‘iston milliy terma jamoasi UEFA saralash “J” guruhidan o‘rin olgan. Guruhda qozoqlar Shimoliy Makedoniya, Uels, Belgiya va Lixtenshteyn bilan JCH-2026 yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi. 22 mart kuni bo‘lib o‘tgan birinchi turda Qozog‘iston mehmonda Uelsga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ikkinchi turda yaqqol autsayder Lixtenshteyn ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Keyingi turlarda Qozog‘iston Shimoliy Makedoniya va Uelsni o‘z uyida qabul qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston UEFA Ali Aliev Osiyo futboli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing