AQSH elchixonasi viza olmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarga murojaat qildi

Jamiyat

image

AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi viza olmoqchi bo‘lgan fuqarolarga ayrim muhim ma’lumotlarni eslatib o‘tdi.

“AQSH vizasiga to‘lanadigan ma’muriy to‘lov faqatgina AQSH dollarida qaytim talab qilmaydigan kupyuralarda qabul qilinadi.

Elchixona AQSH dollarining holati bo‘yicha qat’iy talablar o‘rnatgan. Kir, zarar yetkazilgan, yirtilgan, chizilgan, muhrlangan va 1997-yildan avval muomalaga chiqarilgan kupyuralarni to‘lov uchun qabul qilmaydi.

To‘lov talablariga rioya qilmagan murojaatchilar suhbatga kiritilmasligi mumkin va keyingi kunga takroran suhbatga yozilishlari kerak bo‘ladi”, deyiladi xabarda.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

Teglar

viza AQSh elchixonasi

Baholaganlar

796

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing