Vahshiy qotillik! Erkak xotini va qizini o‘ldirdi

Jamiyat

image

Kecha, 16 dekabr kuni Andijon viloyati Asaka tumanida vahshiy qotillik yuz berdi. Er turmush o‘rtog‘i va qizig‘ini qasddan o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha soat 2:00 larda “Kujgan” mahallasida 1969 ylda tug‘ilgan H.A. (sudlanmagan, ishsiz) turmush o‘rtog‘i 1969 yilda tug‘ilgan D.A. (sudlanmagan, ishsiz) va qizi 2001 yilda tug‘ilgan X.X.ning doimiy e’tirozidan charchab, ulardan o‘ch olishga tushgan. H.A. turmush o‘rtog‘i uxlab yotganligidan foydalanib, pichoq bilan ko‘krak qismiga 3 marotaba va biqin qismiga 2 marotaba urib, qasddan o‘ldirgan.

So‘ng, qizini oldiga go‘yoki kiyimlarini topib berishini aytib chaqirib, pichoq bilan ko‘krak qismiga 1 marotaba, biqin qismiga 5 marotaba, tanasining orqasiga 9 marotaba va bilak qismiga 3 marotaba urib, qasddan o‘ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan H.A.ga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. H.A. ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Andijon

Baholaganlar

465

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing