Bryusselda Brexit bo‘yicha shartnoma imzolandi
Olam
−
24 yanvar 2020
4758Bugun, 24 yanvar kuni Bryusselda Yevropa Kengashi va Yevrokomissiya rahbarlari Buyuk Britaniyani Yevropa Ittifoqidan chiqishi bo‘yicha shartnomani imzolashdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Hujjat Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel va Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen tomonidan imzolandi.
“Bugun Ursula fon der Lyayen bilan men Buyuk Britaniyaning chiqib ketishi bo‘yicha shartnoma imzoladik”, deb yozadi Mishel Twitter’da.
Uning ta’kidlashicha, hech narsaga qaramay, Britaniya va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi do‘stlik davom etadi. Tuzilgan shartnoma tomonlarning hamkorlik va ittifoqchilik yo‘lidagi yangi sahifasini ochib beradi.
“Meni birgalikda yangi sahifa yozish qiziqtiryapti”, deb yozgan Yevropa Kengashi rahbari.
Ma’lumot o‘rnida, Buyuk Britaniya 2020 yilning 31 yanvar kuni Yevropa Ittifoqidan chiqib ketishni rejalashtirgan.
Sarvar Anvar o‘g‘li
LiveBarchasi