Lissabonda uysizlar “Rojdestvo”ni masjidda nishonladi
Olam
−
26 dekabr 2019
5628Portugaliya poytaxti Lissabonda yolg‘iz xristianlar uchun kutilmagan joyda Iso payg‘amabarning tug‘ilgan kuni (Rojdestvo) munosabati bilan bayrami tashkil etildi. Portugaliyadagi musulmonlar jamoasi uysizlar uchun masjidda bayram dasturxoni yozdi.
“Vaqtni biz bilan birgalikda do‘stona muhitda o‘tkazishga kelganlar orasida uyida hech kim kutmaydiganlar bor”, deydi Shayx Zoir, musulmon jamoasi vakili.
“Bu yerda juda yoqimli sharoit. Shaxsiy oilamda anchadan beri o‘zimni bunday yaxshi his qilmagandim. Bezalgan dasturxon, shirin suhbat va issiq ovqat – qanday yoqimli”, degan uysizlardan biri.
"Zalda 80-90 kishi. Ammo bayram endi boshlanyapti. Keyin o‘zimiz ko‘chaga chiqib yetib kelolmaganlarga ovqat tarqatamiz”, deydi volontyor Nuriya Tarmuhammad.
Rasmiy statistikaga qaraganda Lissabonning tarixiy makazida 2,5 mingga yaqin uysiz yashaydi.
LiveBarchasi