Odiljon Aslonov profboksda yana bir g‘alaba qayd etdi
Sport
−
04 mart 2024 4077 1 daqiqa
O‘zbekistonlik professional bokschi Odiljon Aslonov kecha, 3 mart kuni Rossiyaning Sochi shahrida o‘tkzailgan “IBA chempionlar oqshomi” musobaqasida ishtirok etib, g‘alaba qozondi.
Yarimog‘ir vazn toifasida faoliyat yuritayotgan Aslonov gruziyalik Pele Sadoyaga qarshi ringga ko‘tarilib, zafar quchdi. Olti raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi va yakunda hakamlarning yakdil qarori bilan O‘zbekiston vakilining g‘alabasi qayd etildi.
Ma’lumot uchun, bu Aslonov uchun “IBA chempionlar oqshomi”dagi ikkinchi jang bo‘ldi. U o‘zining ilk jangini 2023 yilning avgust oyida ugandalik Shadir Musa Bvogiga qarshi o‘tkazib, zafar quchgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq profboksda WBA kamari uchun jang qilgan Otabek Xolmatovning to‘qnashuvdan oldin jarohati bo‘lganligi xabar qilingandi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr