Odamlarning emlanish darajasi xalqning davlatga ishonchi bilan bog‘liq – Davletov

Jamiyat

image

O‘zbekistonda aholining vaksina olishni istamasligi odamlarning hukumatga ishonchi bilan bog‘liq. Bu haqda Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

“Xalqning davlat organlariga ishonchi naqadar muhimligini vaksinatsiya jarayonida ko‘rdik. Qayerda, qaysi mamlakatda davlatga xalqning ishonchi yuqori bo‘lsa, vaksinatsiya darajasi shuncha yuqori bo‘lyapti – bular o‘zaro to‘g‘ri proporsional. Bizda vaksinatsiya juda yaxshi ketyapti deb ayta olmaymiz, chunki odamlarda ishonchsizlik hamon mavjud (Boshqa davlatlardagidek bir xil vaksinalar keltirilayotgan bo‘lsa-da). Buning sabablari ham qonuniylik va huquqiylikning ta’minlanganiga bog‘liq. O‘rganish, tadqiqotlar bormi bu haqida?”, deydi vazir Davletov.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda ommaviy emlash kampaniyasi joriy yilning 1 aprel kuni boshlandi. Bugungi kunda O‘zbekistonda aholi ZF-UZ-VAC2001, AstraZeneca, Moderna, Pfizer/BioNTech va “Sputnik V” vaksinalari  bilan emlanmoqda.

Bugungacha O‘zbekistonda 17 mln dozadan ortiq vaksina ishlatilgan. Mamlakatda to‘liq emlangan fuqarolar 3 432 465 nafarga yetgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ruslanbek Davletov

Baholaganlar

42

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing