“Odamlar vahimada”. Indoneziyada vulqon otilishi boshlandi (video)

Olam

image

Bugun, 4 dekabr kuni Indoneziyaning Sharqiy Yava orolida vulqon otilishi boshlandi. Vulqon otilishi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda. Unda odamlar omon qolish uchun qochayotganini ko‘rish mumkin.

Oroldagi Semeru vulqoni otilishni boshlagan. Sayyohlardan vulqonga yaqinlashmaslik so‘ralmoqda.

Bu orada mahalliy aholi eng kerakli narsalarni olib, vulqondan qochib ketishgan. Guvohlar voqea joyidan olingan kadrlarni tarqatmoqda.

O‘z navbatida, Indoneziyaning "Tempo Indonesia" yangiliklar portali vulqon otilayotgan hududdagi Twitter foydalanuvchisiga tayanib, taxminan soat 16:00 vulqon hududida osmon kul bilan qoplanganini yozdi.

Eng kuchli "vulqon yomg‘irlari" Sharqiy Yava provinsiyasi tarkibiga kiruvchi Lumajang ma’muriy okrugining vulqonga tutashgan ikki tumanida tushgan. Qurbonlar va vayronalar haqida hozircha ma’lumot yo‘q, deb xabar beradi portal. Xabarda aytilishicha, otilish hududida tabiiy ofatlarni boshqarish va yumshatish milliy agentligining Lumajang okrugidagi xodimlari vaziyatni kuzatmoqda va ehtimoliy zararni baholamoqda.

Xabarda aytilishicha, vulqon otilish hududida Tabiiy ofatlar oqibatlarini yumshatish va bartaraf etish milliy agentligining Lumajang okrugidagi xodimlari vaziyatni kuzatmoqda va ehtimoliy zararni baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Indoneziya vulqon

Baholaganlar

362

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing