Odamlar o‘rniga robotlar boksga tushishni boshladi (video)
Olam
−
27 may 5896 1 daqiqa
Kecha, 26 may kuni Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilgan kikboksing musobaqasida insonsimon robotlar ilk bor jangda ishtirok etdi. Bu haqda CCTV xabar berdi.
Ushbu robotlar Unitree Robotics kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, ular hayratomuz aniq zarbalar va harakatlar bilan tomoshabinlarning e’tiborini tortgan. Mazkur musobaqa Xitoy media guruhining jahon robotlar musobaqasi doirasida tashkil etilgan. Robotlar ko‘rgazmali janglarda ishtirok etib, sun’iy intellekt va robototexnika sohalaridagi jadal taraqqiyotni namoyon etgan.
Qayd etilishicha, Unitree Robotics’ning insonsimon robotlari ilgari bir necha muammolar keltirib chiqargan. Masalan, ulardan biri operatorlarga qarshi tajovuzkor harakat qilgani kuzatilgan, bu esa sun’iy intellekt xavfsizligi borasida jiddiy xavotirlarni yuzaga keltirgan. Ushbu hodisa aks etgan kuzatuv kamerasi tasvirlari ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan.
2025 yilning fevral oyida Xitoyning Tyanszin shahrida bo‘lib o‘tgan bahor bayramida yana bir robot nazoratdan chiqib, festival ishtirokchilariga hujum qilgan edi. Ko‘plab holatlarda bunday muammolarning sababi sifatida dasturiy ta’minotdagi nosozliklar ko‘rsatiladi. Bu esa sun’iy ong texnologiyalarini ishlab chiqishda qat’iy test sinovlari va sifat nazoratining zarurligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya Qurolli kuchlari 2040 yilgacha jangovar vazifalarni bajara oladigan robotlarni ishlab chiqish rejasini belgilagandi.
Ikromboyev Hasanboy
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr