Odamlar Ronalduni “aqldan ozgan” degandi – Neymar

Sport

image

Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu va Fransiyalik Benzemaning Saudiya chempionatida to‘p tepishi, Neymarning faoliyatini “Al-Hilol”da davom ettirishiga turtki bo‘lgan. Bu haqda braziliyalik futbolchi “Al-Hilol” jamoasining YouTube sahifasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Yulduz futbolchilarning Saudiyaga o‘tishini Krishtianu Ronaldu boshlab berdi. Uning o‘sha vaqtda Saudiya chempionati kuchli ligalardan biriga aylanadi, deb aytgan gaplariga ko‘pchilik tomonidan e’tiroz bildirilgandi. Hatto odamlar uni “aqldan ozgan” degandi. Saudiyada Ronaldu va Benzemaning borligi “Al-Hilol”ning taklifini qabul qilishimga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Saudiya Ligasi tez orada yanada rivojlanadi”, deydi Neymar.

“Al-Hilol”da Neymar PSJdagidan 6 barobar ko‘proq maosh oladi.  2 yil davomida braziliyalik futbolchi yangi klubida tijoriy shartnomalardan tashqari 200 million yevroga yaqin mablag‘ ishlab oladi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Al-Hilol” braziliyalik futbolchiga aql bovar qilmaydigan darajadagi qulayliklar yaratib berishi xabar qilingandi. Saudiyada 3 ta avtomobil va 25 xonali uy Neymar ixtiyoriga topshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Neymar Krishtianu Ronaldu Al-Hilol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made