Odam savdosi qurboni bo‘lgan qancha fuqaro O‘zbekistonga qaytarilgani ochiqlandi

Jamiyat

image

Odam savdosi qurboni bo‘lgan qancha fuqaro O‘zbekistonga qaytarilgani ochiqlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, chet elda qiyin vaziyatlarda qolgan, masalan, odam savdosi qurboni bo‘lgan, yoki ishsiz, boquvchisiz qolgan va boshqa murakkab holatga tushib qolgan 523 nafar fuqaro vatanga qaytarilgan. Shundan 113 nafari vaqtincha saqlash muassasalaridan olib chiqilgan. Pasporti ish beruvchilar tomonidan noqonuniy tarzda olib qo‘yilgan 133 nafar O‘zbekiston fuqarosiga esa shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar qaytarib olib berilgan.

"Yanvar–iyun oylarida Jismoniy va yuridik shaxslardan umumiy hisobda 60 528 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ulardan 18 259 tasi vazirlik Konsullik-huquqiy departamentiga, 42 269 tasi esa chet eldagi vakolatxonalarga kelgan. Barcha murojaatlar ko‘rib chiqilib, ular bo‘yicha o‘z vaqtida tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatildi", deyiladi xabarda.

O‘tgan olti oy mobaynida 60 744 nafar chet el fuqarosiga O‘zbekistonga kirish vizalari berilgan bo‘lsa, shundan 32 477 tasi elektron tarzda rasmiylashtirilgan.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Odam savdosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing