Odam savdosida gumonlanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Turkiyada ushlandi

3-sahifa

−

image

Odam savdosida gumonlanib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Turkiyada qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, uzoq vaqtdan buyon xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi, 1981 yilda tug‘ilgan N.E. Turkiya huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Istanbul shahrida aniqlanib, qo‘lga olingan.

Gumonlanuvchi N.E. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 3-qismi bilan ayblanib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qidirilayotgan bo‘lgan. U yosh qizlarni yuqori maoshli ish va’dalari bilan aldab, Turkiyaga olib kelish va bu yerda ularning pasportlarini olib qo‘ygan holda ekspluatatsiya qilish bilan shug‘ullanganlikda gumon qilinmoqda.

Bildirilishicha, mazkur shaxs belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlariga topshirilgan. Hozirda unga nisbatan tegishli tergov va protsessual harakatlar davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 5 mlrd so‘mlik kredit mablag‘larini o‘zlashtirganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Turkiya hududida qo‘lga olinib O‘zbekistonga qaytarilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing