Odam savdosi bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik ayol BAAda qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Odam savdosi bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan jinoyatchi ayol Birlashgan Arab Amirliklaridan O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi (MMB) xabar berdi.

Qayd etilishicha, Interpolning Toshkent va Abu-Dabidagi MMBlarining hamkorlikdagi harakatlari natijasida xalqaro qidiruvda bo‘lgan jinoyatchi ayol qo‘lga olingan.

Hamkorlikdagi tezkor-qidiruv harakatlar hamda o‘zaro axborot almashinuvi tufayli odam savdosi bilan shug‘ullanib kelgan va xalqaro qidiruvda bo‘lgan jinoyatchi ayolning deportatsiyasi amalga oshirilgan.

Aniqlanishicha, jinoyatchi ayol onasi va singlisi tomonidan izlangan. U tergovda shaxsini aniqlashning imkoni bo‘lmagan shaxslar bilan avvaldan til biriktirib, ayollarni fohishalik bilan shug‘ullanish uchun noqonuniy yo‘llar orqali Birlashgan Arab Amirliklariga jo‘natish bo‘yicha uyushgan jinoiy guruh tuzgan.

Jabrlanuvchilarni oilasi bilan ajrashgan va moddiy qiyinchilikka duch kelgan ayollar orasidan topgan. Shu tariqa, uchinchi davlatlar orqali BAAga olib chiqib, jabrlanuvchilarga yaxshi ish va’da qilingan. Biroq Dubayga yetib kelgandan so‘ng ularning pasporti olib qo‘yilgan va fohishalik bilan shug‘ullanishga jo‘natilgan.

Shu tariqa, Inerpolning Toshkent va Abu-Dabidagi MMBlari o‘rtasida o‘tkazilgan kelishilgan harakatlar va kelishuv natijasida jinoyatchi hibsga olingandan so‘ng O‘zbekiston huquq-tartibot idoralariga topshirish uchun deportatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

odam savdosi o'zbekistonlik BAA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing