OCHL: Bugun ikki o‘zbek klubi guruh bosqichi yo‘llanmasi uchun maydonga tushadi
Sport
−
19 fevral 2019 8575 1 daqiqa
Bugun, 19 fevral kuni Osiyo chempionlar ligasi saralash bosqich doirasida pley-off uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu bosqichda O‘zbekistonning ikki jamoasi guruh bahslarida ishtirok etish uchun kurash olib boradi.
Shota Arveladze boshchiligidagi “Paxtakor” jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarida “Al-Nasr” mehmoni bo‘ladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.
Toshkent viloyatining AGMK jamoasi esa Saudiya Arabistonida “Al-Nassr” bilan kuch sinashadi. Mirjalol Qosimov shogirdlari ishtirokidagi uchrashuv ham Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start oladi.
Bugungi uchrashuvlarda g‘alaba qozongan jamoalar Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr