Fransiya Prezidenti nega niqobsiz yurishiga izoh berildi

Olam

image
Koronavirus fonida Fransiya Britaniyaga ultimatum qo‘ydi north_east

Koronavirus fonida Fransiya Britaniyaga ultimatum qo‘ydi

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron koronavirusga chalingan bemorlar davolanayotgan shifoxonaga niqobsiz tashrif buyurmoqda. Chunki bunga zarurat yo‘q, dedi hukumatning rasmiy vakili Sibet Ndiyay.

“Nima uchun Respublika Prezidenti niqob taqmaydi? Agar siz boshqa odam bilan masofadan turib gaplashar ekansiz, niqobga hojat qolmaydi. Davlat rahbari ham ana shunga amal qilmoqda”, dedi Ndiyay.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "Prezident atrofidagi odamlar soni chegaralangan va ular doim 1 metr masofani saqlashadi”.

Koronavirus pandemiyasi boshlangandan beri, Fransiya Prezidenti bir necha bor COVID-19 kasallari davolanadigan tibbiy muassasalarga tashrif buyurdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Fransiyada koronavirusga 22 302 odam chalindi. 1587 bemor shifo topgan bo‘lsa, 1100 kishi vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Emmanuel' Makron

Baholaganlar

382

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing