Koronavirus fonida Fransiya Britaniyaga ultimatum qo‘ydi

Olam

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron koronavirus fonida Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonsonga ultimatum qo‘ydi. Bu haqda “Liberation” gazetasi yozmoqda.

Nashrning Yelisey saroyidagi manbaga asoslanib yozishicha, Fransiya rahbari Britaniya hukumati, xususan, Jonsondan norozi bo‘lgan. Makronning fikricha, u koronavirus tarqalishini kamaytirish va unga qarshi kurashishda zarur choralar ko‘rmayapti va hodisalarga sovuqqonlik bilan kuzatmoqda.

“Biz harakatga kelishi uchun unga po‘pisa qilishga majbur bo‘ldik”, deb yozadi “Liberation”.

Gazetaning yozishicha, ultimatumdan so‘ng Britaniya hukumati pab, restoran, teatr va boshqa odamlar ko‘p to‘planadigan joylarni yopishga qaror qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, bugungacha Fransiyada 16 018 kishi koronavirusga chalindi. 674 ta o‘lim holati qayd etilgan bo‘lsa, 1587 kishi shifo topdi. Buyuk Britaniyada esa 5683 kishi infeksiya yuqtirib olgan bo‘lsa, 281 kishi vafot etdi, 93 nafar bemor esa tuzaldi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Buyuk Britaniya Emmanuel' Makron Boris Jonson

Baholaganlar

426

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing