Ochiqlik siyosatidan hech qachon ortga qaytmaymiz – Shavkat Mirziyoyev (video)

Jamiyat

image

Islohotlar samaradorligini ta’minlashda fuqarolik jamiyati institutlarining roli muhim. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 26 dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llayotgan murojaatnomasida ma’lum qildi.

Prezidentga ko‘ra, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha siyosat kelgusida ham izchil davom ettiriladi. Xususan, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha besh yillik strategiya ishlab chiqiladi.

Ushbu institutlarga ijtimoiy buyurtma berish tizimi raqamlashtirilib, moliyalashtirish hajmi 2 karra oshiriladi.

Bundan tashqari, xayriya tashkilotlarini tuzish tartibi soddalashtiriladi, hisobdorlik va shaffoflik mexanizmlari takomillashtiriladi.

“Takror aytaman, yurtimizdagi keng ko‘lamli yangilanishlar davrida ochiqlik siyosatidan hech qachon ortga qaytmaymiz. So‘z va matbuot erkinligini ta’minlash ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi”, dedi Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Ochiqlik siyosati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing