Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Obbo, yanami? Neymar jarohat oldi va qaydnomadan chiqarildi

Sport

image

“Santos” klubi vingeri Neymar jarohat oldi va Braziliya terma jamoasining mart oyidagi yig‘inlari uchun qaydnomasidan chiqarildi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, jarohat olgan Neymarning o‘rniga “Real Madrid” klubi hujumchisi Endrik terma jamoaga jalb etilgan. Shuningdek, darvozabon Ederson va himoyachi Danilo ham terma jamoaga chaqirilmadi va ularning o‘rniga Lukas Perri va Aleks Sandro Braziliya terma jamoasining mart oyi uchun yakuniy qaydnomasidan o‘rin oldi.

Qayd etish joiz, yanvar oyida “Santos”ga qaytgan Neymar ajoyib o‘yinlar namoyish etib kelayotgani sabab, dastlab, Braziliyaning qaydnomasidan o‘rin olgandi. Ammo u o‘tgan hafta chempionat doirasidagi o‘yinda jarohat olib maydonni tark etgan.

Ma’lumot o‘rnida, Braziliya terma jamoasi 21 mart kuni JCH-2026 saralash bosqichi doirasida Kolumbiyaga qarshi, 26 mart kuni esa Argentinaga qarshi maydonga tushadi.


Maqola muallifi

Teglar

Neymar Santos Braziliya terma jamoasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing