Obameyang “Marsel” klubi bilan kelishib oldi
Sport
−
19 iyul 2023
1998Angliyaning “Chelsi” klubi sobiq hujomchisi Per-Emerik Obameyang Fransiyaning “Marsel” jamoasi bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda futbol insayderi Fabritsio Romano ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, bugun, 19 iyul kuni gabonlik 34 yoshli forvard “Marsel” bilan 3 yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan. Endilikda tomonlar 2026 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi.
Angliya klubi hujumchi bilan bog‘liq xarajatlar uchun yil davomida qariyb 12 million yevro sarflagani va Obameyangning “Transfermarkt” portalidagi taxminiy narxi 4 million yevro ekanligiga qaramay, “Chelsi” erkin agentni Fransiya klubiga tekinga berib yuboradi.
Ma’lumot uchun, 34 yoshli gabonlik 2022 yilning 1 sentyabrida “Barselona”dan 15 million yevro evaziga “Chelsi”ga transfer qilingan. U 2022/2023 yilgi mavsumda APLda 15 o‘yinda maydonga tushib, raqib darvozasiga 1 ta gol urgan.