Obameyang koronavirusni og‘ir asoratda o‘tkazmoqda

Sport

image

“Arsenal”ning gabonlik hujumchisi Per-Emerik Obameyangda koronavirus og‘ir asoratda o‘tmoqda, u yuragi bilan bog‘liq muammolardan aziyat chekyapti. Bu haqda Gabon futbol federatsiyasining Twitter sahifasida xabar berildi.

Obameyang Afrika futbol konfederatsiyasining qarori tufayli qit’a musobaqasida maydonga tushgani yo‘q. Tekshiruv natijasida unda yuragi bilan bog‘liq muammolar borligi aniqlangan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 noyabr kuni Afrika Millatlar kubogi start olishi arafasida Obameyang va Mario Lemina muhim xalqaro turnir arafasida beparvolik sabab futbol jamoatchiligi tomonidan jiddiy tanqidga uchragan edi. Ikkala futbolchi ham Gabon terma jamoasining asosiy o‘yinchilari hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Gabon Afrika millatlar kubogining 2-turidan so‘ng, “S” guruhida 4 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa so‘nggi turda guruh peshqadami Marokash bilan bahs olib boradi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Obameyang Koronavirus CAF Gabon

Baholaganlar

10

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing