O‘zbekiston FIFA reytingida top-50ga kirdi
Sport
−
28 Mart 10417 1 daqiqa
Kecha, 27 mart kuni O‘zbekiston milliy jamoasi Gabonga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu g‘alaba evaziga O‘zbekiston hisobiga FIFA reytingida 3,29 ball qo‘shildi.
Natijada O‘zbekistonning FIFA reytingidagi ballari 1465,32 ochkoga yetdi. Shu tariqa, Fabio Kannavaro shogirdlari onlayn reytingda 2 pog‘onaga ko‘tarilib, 50-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Gabonga qarshi bahsda Eldor Shomurodov, Johongir O‘rozov va Alisher Odilovning gollari evaziga O‘zbekiston 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Ma’lumot uchun, Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 30 mart kuni Venesuela terma jamoalariga qarshi maydonga chiqadi. Ushbu bahs ham “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi.