Obameyang “Barselona”ga o‘tadi

Sport

image

“Arsenal” hujumchisi Per-Emerik Obameyang yaqin orada ijara asosida “Barselona”ga o‘tishi kutilmoqda. Bu haqda jurnalist-insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, gabonlik hujumchi allaqachon Ispaniyaga uchib ketgan va “Barselona” bilan shartnoma borasida deyarli to‘liq kelishib olgan. “Kanonirlar” ham kreditni ma’qullagan, endilikda hammasi “ko‘k-anorranglilar”ning maosh borasidagi roziligiga bog‘liq.

Oldinroq gabonlik futbolchi “Barsa”da o‘ynashni istayotgani va buning uchun maoshini kamaytirishga tayyorligi haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning 14 dekabr kuni hujumchi Per-Emerik Obameyang “Arsenal” sardori maqomidan mahrum qilingan edi. Klub jiddiy intizomiy qoidabuzarlik uchun gabonlikdan bog‘ichni olib qo‘yishga qaror qildi. Shu munosabat bilan hujumchi bugunoq “Arsenal”ni tark etishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Obameyang joriy mavsum Angliya Premer ligasida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Obameyang

Baholaganlar

17

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing