Obamaning uyi yaqinida maxfiy agentlar janjallashib ketdi (video)

Olam

image

AQSHning sobiq prezidenti Barak Obamaning Vashingtondagi uyi yaqinida AQSH Maxfiy xizmatining ikki nafar ayol agenti janjallashdi. Voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan so‘ng xodimlar vaqtincha ishdan chetlatildi. Bu haqda NBC News xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea 21 may kuni mahalliy vaqt bilan soat 2:30 da sodir bo‘lgan. Maxfiy xizmat rasmiysi ushbu video haqiqatga mos kelishini tasdiqlagan va ayollar xizmat vazifasini bajarayotgan paytda janjallashganini bildirgan.

“Maxfiy xizmat xodimlari uchun juda qat’iy axloq kodeksi mavjud va ushbu kodeksni buzuvchi har qanday xatti-harakatni qabul qilib bo‘lmaydi”, deyiladi rasmiy bayonotda.

Ayni paytda xizmat doirasida ichki tekshiruv olib borilmoqda. Voqeaning sabablari va tafsilotlari oshkor qilinmagan, chunki bu “kadr masalasi” bo‘lib, qo‘shimcha izoh berilmasligi bildirilgan.

Ma’lumot uchun, AQSH Maxfiy xizmati – Ichki xavfsizlik departamentiga qarashli maxsus bo‘linma bo‘lib, uning vazifalari qatoriga Prezident, vitse-prezident, sobiq davlat rahbarlari va ularning oila a’zolari, shuningdek, yuqori martabali mansabdor shaxslarni himoya qilish kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Barak Obama maxfiy agent Maxfiy xizmat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing