Obamani “ortda qoldirgan” Bayden: Prezidentning reytingi rekord darajada tushib ketdi 

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden to‘qqiz oydan buyon mamlakatni boshqarmoqda. Ushbu muddat davomida uning reytingi sezilarli darajada tushib ketdi. Bayden bu borada 1945 yildan beri Amerikani boshqargan boshqa yetakchilarni “ortda qoldirdi”. Bu haqda “Gallup” tadqiqotlari natijalariga tayanib xabar berilgan.  

Ta’kidlanishicha, Baydenning reytingi 11,3 foiz punktga pasaygan va bu mamlakatning oldingi o‘nta Prezidenti reytingining pasayish ko‘rsatkichlaridan ham ko‘proqdir. 

Baydendan oldin AQSHning 44-Prezidenti Barak Obama reytingning eng tez pasayishi bo‘yicha “rekord” egasi edi, mamlakatni boshqargan birinchi to‘qqiz oyida uning reytingi 10,1 foiz darajaga tushib ketgandi. 

Ta’kidlanishicha, Baydendan oldingi Prezident Donald Trampda reyting tushish darajasi 4,4 foiz punktni tashkil qilgan. 

Taqqoslash uchun, AQSHning 43-rahbari kichik Jorj Bushning mashhurlik reytingi uning prezidentligining 9 oyida 13,1 foiz punktga, 41-Prezident katta Jorj Bushning reytingi esa 12,0 foiz punktga oshgan. 

Nashrning ta’kidlashicha, Baydenning mashhurligi iyul oyida, mamlakatda koronavirus bilan kasallanish kuchaygan paytdan boshlab tusha boshlagan va avgust oyining oxirida amerikalik qo‘shinlarning Afg‘onistondan tartibsiz chiqib ketishi vaziyatni yanada kuchaytirgan. 

Ma’lumot o‘rnida, demokrat, sobiq vitse-prezident va 36 yillik Kongress a’zosi Bayden 2020 yil 3 noyabrda bo‘lib o‘tgan saylovlarda AQSHning 46-Prezidenti bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

reyting Bayden

Baholaganlar

229

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing