OAVga drondan foydalanishga ruxsat beriladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yangi tahrirdagi “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.

Unda qator yangiliklar ko‘zda tutilgan. Jumladan, OAV foto- va videomateriallarni tayyorlash maqsadida qonunchilikda belgilangan tartibda ruxsatnoma olish orqali tegishli davlat organi tomonidan belgilab berilgan hududlarda, qirq metrgacha bo‘lgan balandlikda, vazni uch kilogrammdan ziyod bo‘lmagan uchuvchisiz uchadigan apparatlardan (dron) foydalanishi mumkin.

Shuningdek, loyihada ro‘yxati qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan tegishli ko‘rsatkichlar bilan suratga olish taqiqlangan hududlardan tashqari jamoat joylari, bino va inshootlarni hech qanday cheklovlarsiz foto va video tasvirga olish huquqi, OAVlar ustav fondida chet el investitsiyalarining ulushini o‘ttiz foizdan qirq to‘qqiz foizgacha oshirishga ruxsat berilmoqda.

Loyiha Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan va 29 iyulgacha muhokamada bo‘ladi. Bu vaqt oralig‘ida loyihaga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

qonun OAV

Baholaganlar

96

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing